“Chelsi” Iguainni ortga qaytarib yubormoqchi

Aslanov Jasurbek
21 mar 2019, 23:43
“Chelsi” mutasaddilari argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain jamoada ko'p ham ushlab turmoqchi emas.

“Aristokratlar” safida ijara asosida harakat qilayotgan futbolchi katta ehtimol bilan mavsum oxirida yana “Yuventus”ga qaytib ketadi.

O'z navbatida, turinliklar Iguainga ehtiyoj sezmayapti. Agar u klubga qaytadigan bo'lsa, unda rahbariyat argentinalik futbolchiga boshqa jamoa qidirishni boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum APLda 7ta o'yin o'tkazgan 31 yoshli futbolchi 3 bora raqiblar darvozasini aniq nishonga olgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca