"Chelsi" forvardi APLning boshqa klubiga o'tishga yaqin

Alisher Ostonov
2 avg 2025
"Chelsi" "Byornli" bilan "ko'klar"ning 23 yoshli markaziy hujumchisi Armando Broyaning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Bu haqda jurnalist Fabris Xoukins X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, futbolchiga "Byornli"ga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tishga ruxsat berilgan.

Broya o'tgan mavsum "Everton" safida ijara asosida o'ynadi. Hujumchi barcha turnirlarda 13 ta o'yinda maydonga tushdi va ularda gol ura olmadi. Futbolchining London klubi bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 12 mln evroni tashkil etadi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabriceHawkins