"Chelsi" "Deportivo" vingerini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2025
"Chelsi" allaqachon "Deportivo" chap qanot vingeri Yeremay Ernandesga shartnoma taklif qilgan.

Bundan tashqari, Yeremayga Germaniya va Italiyaning ikki klubi qiziqish bildirmoqda, ular futbolchining evrokuboklarda ishtirok etishini kafolatlaydi.

Yeremayga La Liga jamoalari ham qiziqmoqda, ammo ular uning tovon puli – 20 mln evroni to'lashga tayyor emas.

Yeremay Segundaning 18 uchrashuvida 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo