Chelsi Ben-Arfa uchun kurashga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
22 apr 2016, 12:50
Chelsi Nicca yarim himoyachisi Xotam Ben-Arfaga shartnoma taklif qilmoqchi.
L’Equipe nashri xabariga ko'ra, London klubi 29 yoshli futbolchiga qiziqib qoldi. Unga PSJ, Liverpul, Milan va Atletiko klublari ham qiziqishmoqda.

Yozda Ben-Arfa erkin agentga aylanadi va o'ziga yangi jamoa topishi mumkin.

Bu mavsumda Fransiya chempionatida 30ta o'yinda 16ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lequipe.fr