"Chelsi" Alvaro Moratani sotib olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2017, 19:10
The Daily Telegraph nashrining xabar berishicha, "Chelsi" "Real" futbolchisi Alvaro Morataga qiziqib qolgan.

Ispaniyalik futbolchi madridliklar safida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Londonliklar esa ayni paytda Diego Kostaning o'rniga boshqa hujumchi izlamoqdalar.

Avvalroq, Kosta klub bosh murabbiyi Antonio Konte bilan janjallashib qolgani haqida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Daily Telegraph