“Cementchi” Turkiya safaridan qaytib keldi

19 iyul 2017, 17:34
O'zbekiston birinchiligida yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan holda, birinchi liga peshqadami Quvasoyning “Cementchi” jamoasi 11 iyul kuni Turkiya davlatining Antaliya shahriga jo'nab ketgan edi.

Jamoa a'zolari bir hafta davomida o'rta er dengizi sohillarida ko'ngildagidek dam olib, har doimgidanda yuqori kayfiyat bilan hordiq chiqarishdi. Jamoamiz a'zolari bir necha kun oldin Toshkentga qaytib kelishdi. Barcha futbolchilar Quvasoydagi qarorgohimizda yig'iladi va  ikkinchi davraga tayorgarlikni boshlab yubordi.

Quvasoydagi yig'in davomida nazorat uchrashuvlari o'tkazilishi va jamoaga bir qator yangi futbolchilar taklif etilishi rejalashtirilgan.


 “Cementchi” matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia