"Buxoro"ning kanadalik futbolchisi "Qo'qon-1912"ga qarshi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi?

Eldor Akmurzayev
28 fev 2020, 21:15
Muhsin Muhammadiev boshchiligidagi "Buxoro" safarda "Qo'qon-1912" ga yirik hisobda (0:3) mag'lub bo'ldi.

O'yindan so'ng jamoaning kanadalik legioneri Milovan Kapor fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Qanday hisob qayd etilganidan qatiy nazar biz mag'lub bo'ldik. Afsuski, bugun o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. G'alaba qozonish uchun kelgan edik. Raqibda havfli vaziyatlar nisbatan ko'proq bo'ldi. Ammo, biz ham yaratgan vaziyatlarimizdan unumli foydalanganimizda natija boshqacha bo'lishi mumkin edi. Bu mavsumning ilk o'yini. Hayajon va vahimaga berilmasdan keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz", deydi Kapor.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia