"Buxoro"ga Finlyandiyaning "Inter" klubi futbolchisi kelishi kutilmoqda

Narzulla Saydullayev
22 fev 2017, 15:20
Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi "Buxoro" yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoa safiga ikki nafar legioner kelishi haqida murabbiy kuni kecha aytib o'tgandi. Ulardan biri xorvatiyalik Ivor Veycer ekanligi haqida xabar berdik.

Ikkinchi legioner esa makedoniyalik Egzon Belica ekanligi ma'lum bo'ldi. 1990 yilda tug'ilgan yarim himoyachi 188 sm bo'yga ega. Uning so'nggi klubi Finlyandiyaning "Inter" jamoasi bo'lgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia