

Bunday holatda hech qanaqasiga Ulug'bek Baqoev klubda bosh murabbiy bo'la olmaydi. Bu yil PRO uchun bo'lib o'tadigan o'qishga kirgan taqdirda ham, to imtihondan muvaffaqiyatli o'tib qo'liga diplomni olmaguniga qadar u rasman bosh murabbiy maqomiga ega bo'la olmaydi. Vadim Abramov u yerda rasman ishlamasa, demak klubga “PRO” licenziyasi bor yangi murabbiy lozim bo'ladi.
Bu borada klub rahbariyati Baxtiyor Ashurmatov nomzodini ko'rib chiqishayotganliklari haqida axborot berishdi. “Buxoro”da so'nggi oy davomida bo'layotgan xabarlardan kelib chiqadigan bo'lsak, biron-bir xabarni aniq deb ayta olmaymiz, qachongki 1-tur o'yinlari boshlanmaguniga qadar.
Muammo shundandaki, kun sayin murabbiylar haqidagi xabarlarni o'zgarishidan oxir oqibat muxlis jabr ko'rishi mumkin. Murabbiylarning qo'nimsizligi jamoani ko'ngildagidek shakillanmasligiga sabab bo'lishi mumkin.
Yana bir aniq ma'lumot shundan iborat-ki, klub Mirjalol Qosimov va Hakim Fuzaylovga ham taklif bilan chiqqan.
Siz “Buxoro”ga kim bosh murabbiy bo'lishini istardingiz?



