"Buxoro" bosh direktori Shuhrat Hamraevni tabriklaymiz

Narzulla Saydullayev
20 mar 2019
Bugun "Buxoro" futbol klubi bosh direktori Hamraev Shuhrat Quzievich o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

36 yoshini qarshi olayotgan Shuhrat Quzievichni "Buxoro" klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda muxlislar nomidan tabriklaymiz. U kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, mas'uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Jamoa bilan birgalikda yangi marralarni zabt etishda kuch quvvat yor bo'lsin. Hamisha xursandchilik, baxt va omad yo'ldoshingizga aylansin!
Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!

"Buxoro" matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: