Buskets: "Real" juda yaxshi formada, ular ochko yo'qotishi dargumon"

Tolibjon Qosimov
1 iyul 2020
Kecha Ispaniya chempionati 33-turi doirasida "Barselona" jamoasi o'z maydonida "Atletiko" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.

Ana shu bahsdan so'ng kataloniyaliklar yarim himoyachisi Serxio Buskets jamoasining chempionlik uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Bu durang sovrin uchun kurashish imkoniyatimizni murakkablashtiradi. Chempionlik uchun juda katta imkon berib qo'ydik. Hozircha bizda matematik imkoniyatlar saqlanib qolgan, biz kurashamiz. Lekin, endi qiyin bo'lishini tushunamiz.

Bizni ikkita penalti bilan jazolashdi. Hayot oddiy emas. Istalgan jamoa VAR ularning foydasiga qaror chiqarishiga umid qiladi. Men bu qarorlarni baholay olmayman.

Mavsum restartidan keyin ochkolar yo'qotyapmiz. Agar "Real" o'z o'yinini yutsa, biz yanada ortda qolib ketamiz. Lekin, g'olib bo'lish uchun kurashishda davom etishimiz zarur. "Real"ning ochko yo'qotish ehtimoli juda ham kam, chunki ular juda yaxshi formada", - dedi Buskets.


Eslatib o'tamiz, "Real" ayni paytda "Barselona"ni bir ochkoga ortda qoldirmoqda va zaxirasida bitta o'yin bor.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com