"Bunyodkor"ning bugungi mashg'ulotidan qaynoq reportaj

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2021
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi o'z qarorgohida ikkinchi davraga tayyorgarlikni ko'tarinki kayfiyatda davom ettirmoqda.

Tatildan qaytgan jamoa a'zolari kuniga ikki mahaldan shug'ullanishmoqda. Kunning birinchi yarimidan nazariy mashg'ulotlar ham o'rin olganini takidlash joiz. Bevosita tarkibdagi yo'qotishlarga kelsak, Farrux Ikromov, Abdulla Abdullaev hamda darvozabon Ravshan Yagudinda kichik jarohat mavjud.

Tarkibda yangi nomlar hozircha yo'q. Avvalroq jamoani Sunnatilla Abdullajonov tark etgani haqida ma'lum qilgandik.

Quyida bugungi mashg'ulotlardan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. 



Foto: Jahongir Fayzullaev


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia