O'zbekiston chempionatining birinchi bosqich yakunlariga ko'ra, kuchli sakkizlikka kirgan klublar musobaqa bosh sovrini uchun pley-offda kurash olib borishdi. Reglamentga ko'ra, birinchi bosqichda 1-o'rinni qo'lga kiritgan jamoa 8-pog'onani band etgan klub bilan, 2-o'rin sohibi 7-bo'lgan klub bilan, 3-o'rin 6-jamoa bilan va 4-o'rin egasi “Ardus” dastlabki bosqichda 5-o'rin bilan cheklangan “Bunyodkor” bilan ro'baro' keldi.
“Ardus” va “Bunyodkor” qarama-qarshiligi juda ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otdi. Jamoalarning birinchi to'qnashuvida arduschilar 4:2 hisobida zafar quchishdi. Ikkinchi o'yinda esa xuddi shunday hisob bilan “Bunyodkor” futzalchilari g'olib chiqishdi. Yarim finalga chiqadigan jamoa nomi uchinchi o'yinda ma'lum bo'ldi. Hal qiluvchi bahsning asosiy va qo'shimcha vaqtlarida kuchlar teng keldi – 3:3. Shundan so'ng g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Lotoreyalar bahsida “qaldirg'ochlar” 5:4 hisobida g'alaba qozonishib, yarim finalga yo'llanma olishdi.
Final yo'llanmasi uchun “Bunyodkor” poytaxtning boshqa bir jamoasi – “Lokomotiv” bilan kuch sinashadi. Ushbu o'yin 17 mart kuni bo'lib o'tadi. Ikkinchi yarim finalda esa Andijonning “Turon-Soliqchi” klubi Qarshining “Do'stlik” jamoasi bilan ro'baro' kelishadi.