
Birinchisida maysa juda oddiy vaziyatda ham ko'chib ketishi natijasida stadion yopildi va qaytadan urug' sepildi. Ammo bu safar avvalgi xatolardan tegishli xulosa chiqarilmagan holda kerakli ko'rsatmalar asosida urug' sepilmadi. Natijada bugun tepadan maydon yam-yashil ko'rinish olgan bo'lsa-da, undagi maysa zz o'rnidan ko'chib ketyapti. Ma'lum bo'lishicha, urug' asosan qumga sepilgan. Tuproq miqdori juda oz. Mashg'ulot davomida maydonda harakatlanish futbolchilarga noqulaylik tug'dirdi. Ayniqsa, bu hol jarima zarbalari va burchak nuqtalarida qiyinchilik keltirib chiqardi.