

“Qaldirg'ochlar” bungacha etti bor hal qiluvchi bahsda ishtirok etishib, shularning to'rttasida kubokni boshi uzra ko'targanlar.
2015 yilgi mamlakat kubogi finalida “Bunyodkor” va Qarshining “Nasaf” jamoalari o'zaro kuch sinashishadi. Qayd etish kerakki, bungacha “qaldirg'ochlar” vohaliklar bilan ikki bor finalda ro'baro' kelib, har ikkala safar ham zafar quchishgan.
“Bunyodkor” ishtirokidagi O'zbekiston kubogi finallari:
2007. “Bunyodkor” – “Paxtakor” 0:0 (pen. bo'y. 6:7)
2008. “Bunyodkor” – “Paxtakor” 3:1
2009. “Bunyodkor” – “Paxtakor” 0:1
2010. “Bunyodkor” – “Sho'rtan” 1:0
2012. “Bunyodkor” – “Nasaf” 3:0
2013. “Bunyodkor” – “Nasaf” 2:1
2014. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” 0:1
2015. “Bunyodkor” – “Nasaf” -:-



