"Bunyodkor" raqibi “Fulad” mehmonda g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2014, 13:51
Kecha Eron chempionatining 21-tur uchrashuvlariga start berildi.
Ushbu tur doirasida chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Bunyodkor”ning Osiyo Chempionlar ligasidagi raqibi – “Fulad” klubi mehmonda “Istiqlol Xuzestan” jamoasiga qarshi to'p tepdi. Uchrashuvda axvazliklar Ismoil Sharifatning 34 va 90+1-daqiqalarda kiritgan gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Ushbu yutuqdan so'ng “Fulad”ning ochkolari soni 39taga etdi va ular musobaqa jadvalining 2-pog'onasiga ko'tarilib olishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com