

Ushbu bahs oldidan har ikkala jamoa menejerlari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda jamoalarning bahsda qanday rangli liboslarda to'p tepishi ham aniqlab olindi.
Unga ko'ra, "Bunyodkor" oq, "Al-Ahli" yashil libosda maydonga chiqadigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" - "Al-Ahli" uchrashuvi 24 aprel, dushanba kuni "Bunyodkor" stadionida soat 19:00da boshlanadi.




