"Bunyodkor" murabbiyi Marat Miftaxutdinov PFL qarorini buzdimi?

Narzulla Saydullayev
14 avg 2020, 18:50
PFL sayti bugungi "Buxoro" - "Bunyodkor" uchrashuvida texnik zonada bo'lmasligi kerak bo'lgan shaxslar ro'yxatini ma'lum qildi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, markazlashgan chempionatda karantin qoidalariga yanada chuqur amal qilinishi ko'zda tutilgan. PFL sayti bugungi o'yin oldidan PZR testini topshirmagan har ikki klub vakillarini e'lon qildi. Xabarda yozilishicha, ro'yxatda ism-familiyasi keltirilgan shaxslar o'yin paytida nafaqat texnik zonada bo'lishlari, balki jamoa avtobusiga chiqishlari ham mumkin emas.

Ammo PFL telegram kanali e'lon qilgan suratda "Bunyodkor" katta murabbiyi Marat Miftaxutdinov avtobusdan tushib kelayotganini ko'rish mumkin. Shunday ekan savol tug'iladi: bu birinchi kundanoq qoidani buzish deganimi? Ma'lumki, dushanba kunidan markazlashgan tartibda birinchi davraning oxirgi to'rtta turiga start beriladi. Agar hozirdan qoida buzish boshlansa, unda boshqa uchrashuvlarda nima bo'ladi?

O'ylaymizki, PFL ushbu holat yuzasidan tushuntirish beradi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia