“Bunyodkor” mashg'ulotlarga kirishdi

Narzulla Saydullayev
14 dek 2015, 12:03
Bugun, 14 dekabr Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi tatilni yakunlab, yana mashg'ulotlarga kirishdi.

Klub bazasida asosiy tarkibning deyarli barcha futbolchilari jamlanishdi. Hozircha faqat legionerlar yig'inga kelishgani yo'q. Ular biroz keyinroq mashg'ulotlarga qo'shilishadi. Bir nechta iqtidorli yosh futbolchilarimiz esa olimpiya terma jamoasi yig'inida ishtirok etishmoqda.

Mavsumoldi o'quv-yig'in mashg'ulotlari rejasiga ko'ra, avvalo barcha futbolchilar shifokorlar nazoratidan o'tadilar.

Yangi yil bayramiga qadar mashg'ulotlar klub qarorgohida olib boriladi.

Yanvar oyining dastlabki kunlarida jamoa a'zolari dastlabki xorij yig'iniga jo'nab ketadi.

Ma'lumki, “Bunyodkor” 9 fevral kuni Osiyo Chempionlar ligasi “pley-off” bosqichi doirasida Dubayning “Al-Shabab” jamoasini qabul qiladi. Guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi, bitta uchrashuvdan iborat bellashuv “Bunyodkor” stadionida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com