"Bunyodkor" - "Mashal" uchrashuvi "Jar" stadionida bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
7 avg 2014, 11:23
Yakshanba kuni "Mashal" Oliy liganing 15-tur uchrashuvini safarda amaldagi chempionga qarshi o'tkazadi.
"Bunyodkor" ikkinchi davra uchrashuvlarini yangi "Bunyodkor" stadionida o'tkazishi mumkinligi haqida xabarlar aytib o'tilgan edi. Ushbu masala yuzasidan klub rasmiylari ma'lumot berib o'tishdi.

9 avgust kuni bo'lib o'tadigan yoshlar ligasi uchrashuvi "Bunyodkor" akademiyasi maydonida 18:00 da start oladi. Asosiy tarkib jamoalari bahsi esa "Jar" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti esa 18:00 ga belgilangan. Avval xabar berib o'tganimizdek o'yinni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz