“Bunyodkor” – “Mashal” o'yini “Jar” stadionida bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
4 mar 2020
Xabaringiz bor, bugungi kunda “Bunyodkor” stadioni maydonini yaxshilash maqsadida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Coca-Cola Superligasi 2-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Mashal” uchrashuvi 7 mart kuni “Jar” stadionida bo'lib o'tadi. Bellashuv soat 16:00 da start oladi.

U-18 hamda U-21 jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlar mos ravishda “Bunyodkor” akademiyasining 5-raqamli (5 mart, 15:30) hamda 1-raqamli (6 mart, 15:30) maydonlarida o'tkaziladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz