“Bunyodkor” bugun Eronning “Piruzi” klubi bilan o'ynaydi

14 yanv 2015, 14:15
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bugun BAA yig'ini doirasidagi o'zining uchinchi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
Bungacha “qaldirg'ochlar” Niderlandiyaning “Feyenoord” klubi bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etishib, Dubayning “Al-Shabab” jamoasini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan edi. Uchinchi sparring raqib sifatida Eronning eng nomdor klublaridan biri bo'lmish Tehronning “Piruzi” klubi tanlangan.

“Bunyodkor” va “Piruzi” jamoalari o'rtasidagi nazorat uchrashuvi bugun, 14 yanvar kuni “Jebel Ali” majmuasi maydonida mahalliy vaqt bilan soat 18:00da (Toshkentda 19:00 bo'ladi) boshlanadi.

Manba: bunyodkor.com