Bundesliga jamoalari qishki yig'inni qayerda o'tkazishadi?

Aslanov Jasurbek
30 dek 2017, 13:45
Ayni damda tatilda bo'lib turgan Bundesliga klublari yangi yilning ilk kunlaridan mashg'ulotlarga qaytishadi.

Germaniya chempionati rasmiy sayti turnirda ishtirok etuvchi jamoalar qishki yig'inni qayerda o'tkazishini e'lon qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Bundesliganing 9ta jamoasi 10 kungacha davom etadigan yig'inni Ispaniyaning janubiy viloyatlarida o'tkazadi.

Bundesliga jamoalarining qishki yig'inlari
KlubMuddatShahar (mamlakat)
Gamburg1-8 yanvarXeres de la Frontera (Ispaniya)
Volfsburg2-7 yanvarMarbelya (Ispaniya)
Borussiya D3-9 yanvarMarbelya (Ispaniya)
Frayburg2-8 yanvarSotogrande (Ispaniya)
Shalke-04
1-7 yanvarBenidorm (Ispaniya)
Verder1-8 yanvarAlgorfa (Ispaniya)
Ayntraxt2-7 yanvarKampoamor (Ispaniya)
Shtutgart3-9 yanvarLa Manga del Mar Menor (Ispaniya)
Augsburg2-7 yanvarTenerife (Ispaniya)
Bavariya2-7 yanvarDoha (Qatar)


"Leyptsig", "Bayer", "Gannover", "Maync", "Borussiya" M, "Gerta", "Kyoln" va "Xoffenxaym" esa o'z bazalarida mashg'ulot o'tkazib, ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rishadi. Mavsumning ikkinchi qismi o'yinlari 12 yanvar kuni boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia