Bugun Toshkentda “A” sertifikati bo'yicha OFK kurslari boshlanadi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2014, 09:42
Bugun Toshkentda “A” sertifikati bo'yicha murabbiylar uchun OFK kurslari o'tkaziladi.
Bugundan boshlanib, 28 dekabrga qadar davom etadigan mazkur kurslar faqat mahalliy murabbiylar uchun tashkil etiladi.

OFK instruktori Islom Ahmedov yo'riqchi, O'FF Texnik bo'lim boshlig'i Shavkat Imomov esa kurslarda koordinator vazifasini bajaradi. Kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan murabbiylarga Osiyo futbol Konfederatsiyasining “A” toifali sertifikatlari topshiriladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com