

Uch kundan buyon Toshkentda yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston terma jamoasi bugun "Paxtakor" stadionida o'zaro o'yin o'tkazadi. Bu o'yin Tailand bilan bahsga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentda Tailandga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Bellashuv “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Eronga qarshi uchrashuv esa 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.
Ma'lumot uchun, JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O'zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.



