Bugun Shomurodov hamda Husanov jamoalari o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
2 avg 2023, 11:34
Xabaringiz bor, Yevropa klublari bo'lajak mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda.

Yaqindagina yangi jamoalari safiga borib qo'shilgan hamyurtlarimiz Eldor Shomurodov hamda Abduqodir Husanov jamoalari bugun o'zlarining navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishadi.

Shomurodov va "Kalyari" Italiyaning boshqa bir klubi "Komo"ga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi.


Husanov va "Lans" esa o'z maydonida Italiyaning "Torino" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladi. Abduqodir o'yin qaydnomasiga kiritilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif