Bugun saytimizda 4ta o'yin matnli translyatsiya qilinadi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2019
Dam olish kunlari Yevropa yashil maydonlarida milliy chempionat o'yinlari bo'lib o'tishi odat tusiga kirgani hech kimga sir emas.

Bugun Angliya premer-ligasida 3-tur bahslari start olsa, Italiyada yangi mavsumning dastlabki o'yini bo'lib o'tadi.

Toshkent vaqti bilan soat 16:30da "Norvich" klubi Londonning "Chelsi" klubini qabul qiladi. Dastlabki ikki turda omadi yurishmagan "aristokratlar" bugun g'alaba qozonishmasa juda ham qiyin ahvolga tushib qolishadi. "Norvich" esa 2ta turda 4ta gol urgan Teemu Pukkining golli seriyasi davom etishini xohlaydi.



Soat 19:00da "Old Trafford"da "Manchester Yunayted" - "Kristal Pelas" o'rtasidagi bahs boshlanadi. Dastlabki ikki turda bitta gol o'tkazib yuborgan MYU, hozircha umuman gol ura olmagan "Kristal Pelas" bilan bellashadi.



Italiyaning amaldagi chempioni "Yuventus" klubi yangi mavsumning ilk turida "Parma" mehmoni bo'ladi. Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi turinliklar dastlabki turdanoq g'alaba qozonishga harakat qilishi turgan gap. Bu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.



Soat 21:30da esa bugungi kunning eng markaziy bahsi start oladi. "Enfild" stadionida bu mavsum APLda maksimal natija qayd etgan ikki klub "Liverpul" va "Arsenal" to'qnash keladi. Qaysidir klub, balki ikkalasi, bugun nihoyat ochko yo'qotadi.



Championat.asia saytida yuqoridagi to'rtta uchrashuv MATNLI TRANSLYATSIYA qilinadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia