Bugun O'zbekiston terma jamoasi yig'inni boshlaydi

Narzulla Saydullayev
5 noya 2015, 09:00
Bugun Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi KXDR va Yamanga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlaydi.

Yig'inga chaqirilgan legionerlar yaqin to'rt kun ichida Toshkentga yetib kelishadi. Quyida ushbu ikki o'yin uchun milliy terma jamoa murabbiylar shtabi tomonidan jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini keltirib o'tamiz: 

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov, Murod Zuhurov, Ignatiy Nesterov  

Himoyachilar: Davron Hoshimov, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Kamoliddin Tojiev, Vitaliy Denisov, Bobur Yo'ldoshev.

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov, Server Jeparov, Aziz Haydarov, Fozil Musaev, Sardor Rashidov, Sanjar Tursunov, Stanislav Andreev, Javohir Sohibov, Jasur Hasanov, Sanjar Shoahmedov, Doston Hamdamov, Odil Hamrobekov.

Hujumchilar: Marat Bikmaev, Igor Sergeev, Eldor Shomurodov, Aleksandr Geynrix, Ilhom Shomurodov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia