Bugun klublar o'rtasidagi jahon chempionatining 2 ta uchrashuvi o'tkaziladi

Aslanov Jasurbek
14 dek 2016, 11:05
Ayni damda Yaponiyaning Osaka va Yokogama shaharlarida klublar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Bugun ushbu turnirning ikki bahsi bo'lib o'tadi. Toshkent vaqti bilan soat 12:30da "Chonbuk Motors" musobaqaning beshinchi o'rni uchun JARning "Mamelodi Sandauns" klubi bilan kurashadi. Ushbu bahs Osakadagi "Suita Siti" stadionida o'tkaziladi. O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ushbu bahsda o'z faoliyatida ilk marotaba video assistent sifatida ishlaydi. Uchrashuvni Navaf Shukralla boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.




5-o'rin uchun bahs

12:30. "Chonbuk Motors" - "Mamelodi Sandauns"

Bosh hakam: Navaf Shukralla. Video assistent: Ravshan Ermatov.


Kunning ikkinchi uchrashuvida Libertadores Kubogi sohibi, Kolumbiyaning "Atletiko Nasonal" klubi "Kashima Antlers"ga qarshi o'ynaydi. Ushbu bahs ham Osakadagi arenada bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:30da boshlanadi. Bu o'yinda finalchi nomi aniqlanadi. Bahsni Viktor Kashshai boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi.




Yarim final

15:30. "Atletiko Nasonal" - "Kashima Antlers"

Bosh hakam: Viktor Kashshai.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia