

Bugun, 18 may kuni soat 16:35da SPORT telekanalida "Kelajak yulduzlari" ko'rsatuvi efirga uzatiladi. Kamoliddin Alimov muallifligidagi mazkur ko'rsatuvda bolalar futboli yoritib borilmoqda. Bugungi ko'rsatuvda "Paxtakor" akademiyasi yoritiladi. Keyingi safar esa "Bunyodkor" akademiyasi yoritilishi rejalashtirilgan.




