Bugun "Dinamo" va "Navbahor" jamoalari o'zaro bellashishadi

Tolibjon Qosimov
20 iyul 2017, 10:36
Qariyb 10 kun davomida Chimyon tog'li hududida asosan jismoniy tayyorgarlikka urg'u bergan Dinamo jamoasi 20 iyuldan Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.

Bugun jamoa dastlabki nazorat bahsini Navbahor jamoasiga qarshi o'tkazadi. Ushbu bahs Toshkentdagi TTYMI o'yingohida o'tkazilib, soat 18:15da boshlanadi.

Dinamoning nazorat uchrashuvlari:
20 iyul: Dinamo – Navbahor
Toshkent, TTYMI stadioni, 18:15

21 iyul: Dinamo – Lokomotiv-BFK
22 iyul: Dinamo – Qizilqum
25 iyul: Dinamo – NBU-Osiyo.

Eslatib o'tamiz, Dinamo O'zbekiston Kubogi yarim finali doirasidagi dastlabki uchrashuvni 31 iyul kuni Bunyodkor - Neftchi juftligi g'olibiga qarshi o'tkazadi.

5 avgust kuni esa ikkinchi davraning dastlabki o'yini – 16-tur doirasida Samarqandda Metallurgga qarshi bahs olib boradi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcdinamo.uz