Bugun "Barselona" o'ynaydi. Xavida variant deyarli qolmadi

Xayrulla Xoliqov
2 yanv 2021, 17:10
Bir necha kunlik tanaffusdan so'ng Ispaniya chempionati yana davom ettiriladi.

Bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da "Malorka" - "Barselona" bahsiga start beriladi. "Barsa" ustozi Xavi o'yinni boshqa kunga qoldirish tashabbusi bilan chiqdi, biroq Ispaniya futbol federatsiyasi unga quloq solmayapti. 

Gap shundaki, "Barselona"ning bir nechta futbolchisi turli sabablarga ko'ra maydonga tusha olmaydi. 

1) Dani Alvesh - kovid

2) Langle - kovid

3) Buskets - diskvalifikaciya 

4) Gavi - diskvalifikaciya

5) Torres - hali ro'yxatdan o'tmagan

6) Depay - jarohat

7) Pedri - jarohat

8) Breytueyt - o'ynamaydi

9) Roberto - jarohat

10) Fati - jarohat

11) Demir - jarohat

12) Alba - kovid

13) Balde - kovid

14) Umtiti - kovid

15) Dembele - kovid

16) Dest - kovid

17) Koutino - kovid

18) Abde - kovid

Shu bois Xavi o'yinni qoldirish fikrini ilgari surgandi. Bugun asosiy tarkibda kuchli futbolchilardan Ter Shtegen, Pike, Arauxo, Erik Garsiya va Frenki de Yong maydonga tushadi. Qolgan o'yinchilar o'rnini yoshlar to'ldiradi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia