Buffon: "Yuventus" kuchli sakkiztalikka kira oladi"

"Yuventus" posboni Janluiji Buffon jamoasini eng kuchlilar qatoriga kirishiga ishonmoqda.
O'tgan mavsum chempionlar ligasidagi ishlarimiz yurishmagan edi. Biz o'tgan yili minimum undan avvalgi natijani qayd etishni istagandik. Lekin o'shanda nimadir yetishmay qolgandi.
Balki ayb bizdadir. Lekin hal qiluvchi bahsda noqulay sharoitda o'tganini esdan chiqarmaslik kerak.
Bu mavsumda eng kuchli sakkizta jamoa qatoridan o'rin olishga harakat qilamiz. Buni uddalash qo'limizdan keladi.

Manba: soccer.ru