Buffon Petr Chexni eng yaxshi darvozabon deb atadi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2015, 16:10
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon zamonamiz darvozabonlari haqida fikr bildirdi.

"So'nggi yillarda jahonning eng yaxshi darvozabonlari Kasilyas, Chex va Noyer deb o'ylayman.

Pepe Reyna oyoqda, Noyer esa ikkinchi qavatda o'ynaydigan eng yaxshi darvozabon. Kasilyas qo'llari bilan yaxshi o'ynaydi. Ularning orasida eng zo'ri Chex" - deydi Buffon.

Chexiya terma jamoasi va "Arsenal" posboni ham Buffon nomiga iliq so'zlar aytdi.

"Jiji ajoyib darvozabon. U o'z harakatlari bilan jamoani g'alabaga chorlaydi. Buffon o'z jamoasining muhim futbolchilaridan biridir. Har qanday himoyachi unga bemalol ishonishi mumkin. Buffon bilan yozishib turamiz, unga bo'lgan hurmatim cheksiz" - deydi Chex.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 90min.com