Buffon: "Messi - bu Federer. Ronaldu esa Nadalga o'xshab ketadi"

Alisher
5 okt 2019
"Yuventus" posboni Janluiji Buffon Messi va Ronalduni tennischilarga o'xshatdi.

"Federer - bu cheksiz klass, Nadal esa qatiyat, mehnat va istedoddir.

Nadalning tinimsiz mehnati va o'zini takomillashtirishga bo'lgan intilishi unga tarixdagi eng istedodli tennischi bilan tenglashishga imkon beradi.

Taqqoslash menga qiziq va kulguli tuyulmoqda. Messi - Federerga, Ronaldu esa Nadalga o'xshashib ketadi", - deydi Buffon.


AlisherMuallif
Manba: Sportweek