Buffon - YCHLda 40 yoshdan oshib o'ynagan 13-futbolchi!

Aslanov Jasurbek
14 fev 2018, 01:57
“Yuventus” darvozaboni Janluiji Buffon ayni daqiqalarda davom etayotgan “Tottenxem”ga qarshi YCHL 1/8 final doirasidagi ilk uchrashuvda maydonda harakat qilyapti.

Buffon yanvar oyida roppa-rosa 40 yoshga to'lgan edi. Bu bilan “Yuventus”ning afsonaviy posboni YCHL tarixidagi 40 yoshdan o'tib maydonga tushgan 13-futbolchiga aylandi. 

Italiyalik futbolchilardan faqat ikki nafarigagina bu rekordni qayd etish nasib qilgandi. Buffondan tashqari Marko Ballotte (“Lacio”, 43 yoshu 252 kunlik, – bu turnir rekordi) va Paolo Maldini (“Milan”, 40 yoshu 211 kun) ham bu ishni amalga oshirishgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif