Bu qiziq! O'zbekiston kubogida ikkita "Mashal" to'qnash keladi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2016, 21:55
Bugun O'zbekiston kubogining o'tish bahslari bo'lib o'tdi.

Safarda "Nasaf-2" ustidan g'alaba qozongan "Mashal-2" keyingi bosqichga chiqdi. Bu bosqichda "Mashal-2"ga "Mashal"ning asosiy tarkib jamoasi to'g'ri keldi.

Endi har ikki "Mashal" jamoasi O'zbekiston kubogining 1/16 bosqichida o'ynaydi va ushbu bahs Muborakda 19 mart kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz