Bu nimasi?! "El-Klassiko" paytida Benzemaning uyini tunab ketishdi

Aslanov Jasurbek
28 fev 2019, 16:41
"Real" hujumchisi Karim Benzema uyiga o'g'ri tushdi.

Jinoyatchilar "Barselona"ga qarshi Ispaniya Kubogi yarim final javob o'yini (0:3) paytida fransiyalikning uyiga kirishdi.

Hozircha nimalar o'g'irlab ketilgani ma'lum emas.

Joriy mavsum Kevin-Prins Boateng, Xordi Alba, Sadio Mane, Tiago Silva, Dani Alves, Erik Maksim Shupo-Moting kabi futbolchilar uyiga o'g'ri tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca