Brendan Rodjers: Liverpul yanada o'sishi uchun birorta sovrin yutishi kerak. Yevropa Ligasi ajoyib imkoniyat

17 fev 2015, 00:45
Liverpul bosh murabbiyi Brendan Rodjers jamoasining Yevropa ligasi musobaqasidagi imkoniyatlarini chamalab ko'rdi.

Futbolchilar chempionati o'yinidan keyingi tiklanish jarayonini o'tkazishmoqda. Biz Yevropa ligasi doirasidagi "Beshiktosh"ga qarshi bo'ladigan bahsni intizorlik bilan kutmoqdamiz.
Yevropa ligasi ajoyib musobaqa hisoblanadi. Bizning maqsadimiz ushbu turnirda munosib qatnashish. "Beshiktosh" bilan bo'ladigan uchrashuvlar oson bo'lmasligi aniq. Lekin bizning g'alabaga bo'lgan chanqog'imiz yuqori darajada. Yaqin yillar ichida yanada o'sishga erishish uchun ham yangi g'alabalar zarur. Yevropa ligasida g'olib bo'lishni istardik. Bu biz uchun juda muhim sanaladi. Ushbu musobaqadagi g'olib jamoa keyingi mavsumni YCHLda to'g'ridan-to'g'ri boshlashi turnur nufuzini yanada oshiradi. G'alaba haqida o'ylashdan avval oldimizda turgan uzoq yo'lni bosib o'tishimiz kerak.


Manba: sports.ru