Breaking: O'runov sobiq jamoasiga qaytdi

Eldor Akmurzayev
20 fev 2021
Avvalroq, “Spartak” Oston O'runovni mavsum uchun qaydnomadan chiqargani haqida xabar bergandik.

U mavsumning 2-qismini sobiq jamoasi “Ufa”da davom ettiradi. Bu haqda saytimizga futbolchining agenti ma'lum qildi.

Ufaliklar uni sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. O'runov “Spartak” tarkibida 9 o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi. 

20 yoshli futbolchi o'tgan mavsum “Ufa” sharafini himoya etgan va 2020 yil avgustida Moskva klubiga ko'chib o'tgandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia