Breaking: "Barselona" prezidenti iste'foga chiqdi

28 okt 2020, 00:34
Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti Jozep Bartomeu o'z lavozimini tark etmoqda.

Funkcioner o'zining direktorlar kengashi bilan iste'foga chiqdi. Bu haqda ispan va katalon nashrlari xabar tarqatmoqda.

Tegishli qaror "Barsa" rahbarlarining bugungi uchrashuvidan keyin qabul qilingan. 

Eslatib o'tamiz, kechagi matbuot-anjumani paytida Bartomeu iste'foga chiqmasligini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Diario Sport