Bartomeu: "Hozir ketishdan mano yo'q"

Mirjalol Normatov
27 okt 2020, 13:57
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu iste'foga chiqmoqchi emas.

"Iste'foga chiqish hayolimga ham kelmagan. Biz ajoyib loyiha yaratyapmiz. Oldinda YCHLning muhim o'yinlari kutib turibdi. Futbolchilarning jangovarligi yo'qolmagan. Ushbu mavsumda sovrin qo'lga kiritamiz", - dedi Bartomeu.

Oldinroq Bartomeu saylovga qadar iste'foga chiqishi mumkinligi aytilgandi. 

U 2014 yilning yanvar oyida klub prezidentligiga saylangandi, shu davr mobaynida "Barselona" 11 sovrin qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca