Botir Mirzaev: "G'aniev jamoasiga katta yordam berdi"

Narzulla Saydullayev
6 apr 2014, 18:38
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi ishtirok etishi kerak edi.
Ammo Igor Shkvirin ayrim sabablar tufayli matbuot anjumaniga kelmadi. Uning o'rniga jamoa boshlig'i Botir Mirzaev qatnashdi.

 - “Andijon” Olmaliqqa ochkosiz kelgani bizni cho'chitgandi. Chunki ochko olish uchun ular bor kuchlarini ishga solishlari aniq edi. Yigitlar g'alaba uchun astoydil harakat qilishdi. Buning ustiga “Andijon” darvozaboni bugun yutishimizga imkon bermadi. G'aniev “Andijon”ning avvalgi uchrashuvlarida ham eng yaxshi o'yinchi bo'lgandi. Bu bejizga emas ekan. Bugun ham u jamoasiga katta yordam berdi. “Andijon” so'nggi pog'onalarda yurgan bo'lsa-da, jamoani chempionat autsayderi deya olmaymiz. Boisi mavsum endi boshlanib 4-tur o'tdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz