“Borussiya D”ning ikki asosiy o'yinchisi jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2020, 09:51
Futbolchilar YCHL 5-turida jarohatga yo'liqqan.

“Borussiya D” “Lacio”ga qarshi bahsda o'zining ikki asosiy futbolchisidan ayrildi. Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra yarim himoyachi Tomas Dileyni belidan jarohat olgan. U Bundesliga doirasida 5 dekabrda “Ayntraxt F”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Himoyachi Mats Xummels esa oyog'idan jarohat olgan. Xummels mazkur bahsdagi ishtirokiga esa o'yindan avvalroq oydinlik kiritiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: “Боруссия Д” расмий сайти