“Borussiya D” Pako Alkaserni “Barselona”dan sotib oladi

12 okt 2018, 08:53
Futbolchi to'liq Dortmund klubi a'zosiga aylanadi.

Qayd etilishicha, Pako “Borussiya” bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishib bo'lgan. Ispaniyalik futbolchi mavsum oxirigacha “Barselona”dan ijaraga olingandi. Endi nemis klubi kelishuvga ko'ra mavsum so'ngida Pakoni 23 mln evro evaziga to'liq sotib oladi.

Ma'lumot uchun, hujumchi dortmundliklar safida 4 o'yinda 7 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild