Bonuchchi "Yuve" muxlisidan kechirim so'ramadi

Mirjalol Normatov
5 avg 2018, 00:47
Himoyachi Leonardo Bonuchchi "Milan"dan qaytganidan keyin "Yuventus" muxlisidan kechirim so'ramadi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, jamoa mashg'ulotlar bazasiga "Yuve" muxlislari yig'ilgan va himoyachidan "Milan"ga o'tib ketgani uchun kechirim so'rashini talab qilishgan.

Ammo futbolchi bunga: "Hech kimdan kechirim so'ramayman. Bunga javob berishim shart emas. Barchasini maydonda ko'rsataman", - deb javob berdi.

Bonuchchi o'tgan mavsum boshlanishidan oldin "Yuventus"dan "Milan"ga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia