Blan: "Tez orada Zlatan gol urishni boshlaydi"

Aslanov Jasurbek
23 sen 2015
PSJ bosh murabbiyi Loran Blan hujumchi Zlatan Ibragimovichning golsiz seriyasiga izoh berdi.

"Tez orada Zlatan gol ura boshlaydi. Hayron bo'lishning hojati yo'q. U juda yaxshi futbolchi va buni isbotlamoqchi. Ibragimovich maydonda Di Mariya bilan yaxshi kelisha oladi.

Buyuk futbolchilar doimo bir-birini tushungan. Bu gap Kavaniga ham tegishli. Bizning hujumkor trio turli sifatlarga ega, bir-biriga o'xshamas futbolchilardan tashkil topgan" - deydi Blan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com