"Biz Ispaniyadan kuchsiz emasdik" - Abbos Fayzullayev

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2024, 15:44
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zosi Abbos Fayzullayev Ispaniya bilan (1:2) bahsdan keyin fikrlarini bildirdi.


"Qiyin o'yin bo'ldi. Yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Biz ulardan kuchsiz emasdik. Bunaqa o'yinlarda bitta vaziyat hamma narsani hal qilib ketadi. Hali oldimizda 2 ta o'yin bor. Keyingi turlarga yaxshi hozirlik ko'rib, guruhdan chiqish vazifasini uddalaymiz. 

Ispaniya – turnir favoritlaridan biri. Buni bilardik. Bizning jamoamiz ham kuchsiz emas. 

Biz bir jamoamiz. Yutsak, jamoa bo'lib yutamiz, yutqazsak, butun jamoa yutqazgan bo'ladi. Xudo xohlasa, keyingi bahslarda bundan ham yaxshi harakat qilamiz degan umiddaman", – dedi Fayzullayev.

O'zbekistonning keyingi uchrashuvi 27 iyul kuni Misrga qarshi kechadi. Bellashuv 20:00 ga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia