Birinchi liga. Bugun “Nasaf-2” ham bahslarga kirishadi

Narzulla Saydullayev
1 apr 2017, 13:31
Bugun yurtimiz futbol maydonlarida futbol bo'yicha O'zbekiston Birinchiligiga start beriladi.

Birinchi liga ishtirokchisi bo'lmish, Nurali Sultonov boshchiligidagi “Nasaf-2” jamoamiz ham, bugun ilk uchrashuvini o'tkazadi. Ular safarda Uychining (Namangan viloyati) “Xotira-79” jamoasi mehmoni bo'lishadi. Ushbu uchrashuvni toshkentlik hakam Sultonmurod Abdurahmonov boshqaradi, qanotlarda unga Baxtiyorxo'ja Shavkatov va Ravshan Kopadzelar yordam berishadi.

Hakamlar ishini Erkinjon Aripov nazorat qiladi, Farg'ona shahridan.


O'zbekiston Birinchiligi, 1-tur
“Xotira-79” (Uychi) – “Nasaf-2” (Qarshi)
01.04.2017. Uychi sh., markaziy stadion. 16:00da
Bosh hakam:
Sultonmurod Abdurahmonov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Baxtiyorxo'ja Shavkatov (Toshkent), Ravshan Kopadze (Farg'ona)
Nazoratchi: Erkinjon Aripov (Farg'ona)

“Nasaf-2” navbatdagi, 2-tur uchrashuvini ham safarda o'tkazadi. Nurali Sultonov shogirdlari 4 aprel seshanba kuni Toshkentda “Lokomotiv-BFK” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Birinchilikning 3-tur uchrashuvini esa, Qarshida o'z maydonida o'tkazadi. Bu turda ular Quvasoyning “Cementchi” jamoasini qabul qilishadi. Uchrashuv 13 aprel payshanba kuni Qarshida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz