Birinchi liga. "Andijon" - "Mashal-2". ANONS

Aziz Tukhtamuradov
1 may 2017, 13:59
Bugun “Mashal-2" jamoamiz O'zbekiston birinchiligining 7 turida safarda, Andijonning Andijon jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O'tgan turda bugungi raqibimiz safarda "Cementchi" jamoasiga qarshi uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan edi. "Mashal-2" klubi esa o'z maydonida durang natija qayd etgan. Bugun bo'ladigan bahs esa shubhasiz shiddatli o'tishi aniq. Chunki ikkala jamoa ham bugungi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan. "Andijon" "Mashal-2" jamoalari o'rtasidagi o'yin soat 17:00 da boshlanadi. 

Andijon (Andijon) – Mashal-2 (Muborak) 17:00

Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), N. Afinogenov (Toshkent), A. Abdullaev (Toshkent)

Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia